"ENERGOMASH-TECH" MChJ
— yuqori sifatli elektr dvigatellari, dizel generatorlari va nasos uskunalarini mahalliylashtirish va keyinchalik ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish birlashmasi hisoblanadi. Birlashma tarkibiga maxsus korxonalar kiradi, bu bizga ishlab chiqarish jarayonlarini barcha bosqichlarda samarali muvofiqlashtirish va mahsulotning yuqori sifatini ta'minlash imkonini beradi. Bizning asosiy afzalliklarimizdan biri – Respublikadagi ishlab chiqarish korxonalari hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan yaqin kooperatsion aloqalarning mavjudligidir. Bu bizga zamonaviy sanoat korxonalarining xalqaro sifat standartlari va talablariga mos keladigan yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish imkonini beradi. Biz ishlab chiqarish jarayonlarini doimiy ravishda takomillashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va eng yuqori sifatli ishonchli mahsulotlar yaratishga intilamiz.